C++ dasturlash tilida funksiya bu kodning qayta ishlatiladigan qismi bo'lib, u bir yoki bir nechta vazifalarni bajarish uchun yoziladi.
Funksiya boshqa joyda chaqirilganda, u bajariladi va natija qaytarilishi mumkin.
Funksiya ma'lum vir vazifani bajarish uchun ishlatiladigan va kodni modul qilish hamda qayta ishlatishni osonlashtiradi.
- Funksiyaning asosiy qismlari:
Funksiya turi(return type): Funksiya qanday turdagi qiymatni qaytarishi kerakligini bildiradi. Masalan: int, void, double va boshqalar.
Funksiya nomi (function name): Funksiyaga berilgan ism bo'lib chaqirilganda uni ishlatish uchun xizmat qiladi.
Parametrlar(parameters): Funksiyaga kiruvchi qiymatlar olishi mumkin. Bu qiymatlar funksiyaga berilgan argumentlar yordamida uzatiladi. Agar parametrlar kerak bo'lmasa, bo'sh qavslar yoziladi.
Tana qismi(function body): funksiyalar
bajaradigan amallar bu yerda yoziladi. Qavslar {} ichiga yoziladi.Qaytarish bayonoti(return statement): Funksiya natijani qaytarishi mumkin. Agar funksiya natijani qaytarishi kerak bo'lsa
return
bayonoti ishlatiladi. Aks holda, funksiyavoid
bo'lishi mumkin va qaytarish talab qilinmaydi.