001. JavaScriptga kirish (mavzular)

Mukhriddin Khodiev (work) - Aug 20 - - Dev Community
  1. Dasturlash tillari haqida umumiy ma'lumot

    • Dasturlash tillari: C, C++, C#, JavaScript, Java, Python, PHP, Go, Dart.
  2. JavaScript tarixi

    • Brendan Eich tomonidan 1995-yilda 10 kun ichida Netscape kompaniyasida yaratilgan.
    • Dastlabki nomi Mocha, keyin LiveScript, va nihoyat JavaScript (Java tilining mashhurligidan foydalanish uchun).
    • Microsoft Internet Explorer 3 ni yaratib, Netscape ga raqobatdosh qildi. Natijada JavaScriptning 2 xil versiyasi paydo bo'ldi:
      1. Netscape Navigator JavaScript
      2. Internet Explorer JavaScript
  3. Nima uchun JavaScript?

    • Dinamik typed language (Dynamically typed language).
    • Qo'shimcha afzalliklar va sabablar keltirilishi mumkin.
  4. JavaScript nima qiladi?

    • Web brauzerlarda JavaScriptning asosiy 3 qismi mavjud:
      1. ECMAScript
      2. DOM (Document Object Model) - scroll, keyboard kabi hodisalarni va formalarni boshqaradi.
      3. BOM (Browser Object Model) - brauzerga xos funksiyalarni boshqaradi, masalan, location va notifications.
    • Mashhur funksiyalar va kutubxonalar:
      • Toggle, navbar-shrink, yuklanish animatsiyalari, AOS, Owl Carousel, qora/yengil rejim.
  5. JavaScript versiyalari

    • ES5 (2009) - brauzerlar tomonidan keng qo'llaniladi.
    • ES6 (2015+) - katta yangilanishlar kiritildi.
    • Kelgusi versiyalar (Next ES) kutilmoqda.
  6. JavaScript qanday qilib ishlatiladi ?

    • JavaScript kodlari HTML hujjatlarida inline, ichki (internal) yoki tashqi (external) tarzda joylashtirib ishlatish mumkin.
  7. JavaScriptda kirish va chiqish

    • Kiritish : prompt orqali amalga oshiriladi.
    • Chiqarish : innerHTML, document.write(), window.alert(), window.confirm(), va console.log() orqali amalga oshiriladi.
  8. Sintaksis va izohlar (comments)

    • Izohlar: bir qatorli izohlar uchun //, ko'p qatorli izohlar uchun /* ... */ ishlatiladi.
    • Nuqtali vergul (semicolon), bloklar, ifodalar va oq joylarni (space, new line, tab) ishlatish haqida.
  9. Identifikatorlar va nomlash qoidalari

    • To'g'ri identifikatorlar uchun qoidalar: harflar, raqamlar, pastki chiziqlar yoki dollar belgilari ishlatilishi mumkin.
    • Nomi yozish uslublari: PascalCase, snake_case, camelCase (tavsiya etiladi), va kebab-case (qo'llab-quvvatlanmaydi).
  10. JavaScriptda o'zgaruvchilar

- O'zgaruvchilar — ma'lumotlarni saqlash uchun konteynerlardir.
- Turlari: `var`, `let`, `const` va ular bilan bog'liq tushunchalar haqida , masalan, e'lon qilish (declaration), ishga tushirish (initialization), va o'zlashtirish (assignment) kabi tushunchalar mavjud.
- `undefined`, `undeclared`, va tenglik (`=`) operatori.
- `var` va `let` o'rtasidagi farqlar.
- Doimiylar (constants) va `typeof` operatori.
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode
  1. O'zgaruvchilarni almashtirish

    • O'zgaruvchilarni qanday almashtirish haqida misol kodi.
  2. JavaScriptdagi operatorlar

    • Arifmetik operatorlar: +, -, *, /, ** (daraja), % (qoldiqli bo'linish).
    • Unar operatorlar: +x, -x, ++x, --x, x++, x--.
  3. Manbalar


. . . . . . . . . . . . . .
Terabox Video Player