.Net tarixi

Mushtariy - Aug 6 - - Dev Community

NET Framework - 2002-yilda Microsoft tomonidan ishlab chiqarilgan platforma. Platforma turli dasturlash tillari: C#, Visual Basic .NET, J# va boshqalar uchun mos Common Language Runtime (CLR) ga asoslangan. CLR funksiyasi bu platformadan foyladalanigan barcha dasturlash tilida mavjud. ".NET Framework" hozirda ".Net" sifatida rivojlanmoqda. Ushbu platformada koʻp dasturlarga umumiy komponentlar va optimizatsiyalangan metodlar bor.

"NET Framework" oʻsha paytda mashhur boʻlgan "Sun Microsystems"(hozirda Oracle kompaniyasiga tegishli) Java platformasiga Microsoftning javobidir.
".NET Framework" Microsoft kompaniyasining oʻz mahsuloti hisoblanib, rasmiy ravishda "Windows operatsion" tizimlarida ishlash uchun moʻljallangan boʻlsa-da, baʼzi boshqa operatsion tizimlarda ".NET Framework" dasturlarini ishga tushirish imkonini beruvchi mustaqil loyihalar (birinchi navbatda "Mono" va "Portable .NET") mavjud.

. . . . . . . . . .
Terabox Video Player