Css da "O'lchov birliklari" (Units)

Miss_code_creaker - Sep 3 - - Dev Community

Units

Css unit - Css xossasining o'lchovini bildiradi. O'lchov birliklari ishlatilinadigan Css xossalari: font-size, margin, padding, border, width, height, top, right, bottom, left, va boshqalar.

.selector_nomi { 
   font-size: 16px;
   width: 100%;
}
Enter fullscreen mode Exit fullscreen mode

Css ning o'lchov birliklari yordamida saytimizni turli xil qurilmalarga moslash imkoniyatiga ega bo'lamiz. Qurilmalar har xil ekran o'lchoviga ega bo'ladi va shunga asosan CSS xossalarining o'lchov qiymatlari o'zgartirib boriladi. Masalan: kompyuterda ko'rsatgan tekstimizni o'lchovi telefonda ancha kichikroq bo'lishi kerak va biz buni bir qurilmadan ikkinchi qurilmaga o'tayotganda o'zgartirishimiz kerak bo'ladi. Albatta biz css ning o'lchov birliklari yordamida osonlik bilan amalga oshiramiz.

O'lchov birliklari asosan 2 qismga bo'linadi:

■ Absolute (mutloq) units - mutloq o'lchov birliklari qanday ko'rsatilgan bo'lsa huddi shunday ekranga chiqadi. Absolute o'lchov birliklarini ishlatish tavsiya etilmaydi chunki ular ekranga qarab o'z o'lchovini o'zgartimaydi.

Misol:
• px
• cm
• mm
• in
• pt

! Absolute o'lchov birligi asosan poligrofiyada ya'ni qog'ozlar bilan ishlayotganda ishlatilish tavsiya etiladi. Lekin veb sahifa yaratilayotganda Absolute unit larni ishlatish tavsiya etilmaydi.

■ Relative (nisbiy) units - nisbiy o'lchov birliklari boshqa uzunlik o'lchoviga nisbatan o'z uzunligini belgilaydi. Turli xil ekranlarga moslashishi mumkin.

Misol:
• %
• em
• rem
• vw va vh (viewport units)

. . . . . . . . . . . . . . . .
Terabox Video Player