CSS da Overflow xossasi va uning qiymatlari

Miss_code_creaker - Sep 3 - - Dev Community

■ Overflow - kontent elementni ichiga sig'may qolgan payti, o'zini qanday tutishini aniqlab beradi.

Qiymatlari:
• Visible ( Default ) (ko'rinarli)- sig'may qolgan qismi boricha ekranda ko'rinadi.
Agar biz elementimizni overflow xossasiga visible qiymatini ko'rsatib o'tadigan bo'lsak, sig'may qolgan kontent boricha ekranda ko'rinadi. Lekin visible qiymatini ko'rsatilmasa ham shu holatda qolaveradi. Bu degani elementlarimiz har doim overflow: visible; qiymatiga ega bo'ladi.

• Hidden - sig'may qolgan qismi ekrandan yashiriladi (berkitiladi).
Ya'ni, overflow: hidden; qiymatini bersak sig'may qolgan qismi foydalanuvchiga ekranda ko'rinmaydi.

•Scroll - sig'may qolgan qismini ko'rish uchun scroll qo'yiladi.
Ya'ni biz elementimizga overflow: scroll; qiymatini beradigan bo'lsak sig'may qolgan qismini ko'rish uchun scroll qo'shilarkan, va biz elementimizni hamma qismini ko'ra olamiz.

• Auto - xuddi "scroll"ga o'xshab sig'may qolgan qismini ko'rish uchun scroll qo'shiladi, lekin faqatgina kerak bo'lgan payti.
Ya'ni, overflow: auto; qiymatini ko'rsatsak faqatgina sig'may qolgan holatlardagini scroll ni ko'rsatib beradi.

. . . . . . . . . . . . . . . .
Terabox Video Player